Daniya prokuraturasiga ko‘ra, teraktga tayyorgarlik ko‘rishda Falastinning HAMAS guruhi ishtirok etgan. Daniya politsiyasi dekabr oyida uch nafar gumondorni qo‘lga olganini e’lon qilgan edi.
Daniyada 2023 yil dekabrida qo‘lga olingan va teraktga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilinganlar Falastinning HAMAS guruhiga aloqador bo‘lgan, deb xabar berdi AFP 12 yanvar, juma kuni Daniya politsiyasiga tayanib. Unga ko‘ra, bu haqda Sharqiy Daniya Oliy sudida ushbu ish bo‘yicha yopiq sud majlisida so‘zga chiqqan prokuror Anders Larsson aytdi.
O‘tgan yilning 14 dekabr kuni Daniya Xavfsizlik va razvedka xizmati (PET) vakili Flemming Dreyyer politsiya mamlakatning turli hududlarida o‘tkazilgan reydlar chog‘ida teraktni rejalashtirishda gumon qilingan uch kishini qo‘lga olganini ma’lum qildi. U ushlanganlarning shaxsi va hujumning ehtimoliy nishoni haqida hech qanday ma’lumot bermadi.
Daniya adliya vaziri: «Xavf jiddiy»
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu shu kuni Daniya xavfsizlik kuchlari «Yevropa zaminida begunoh tinch aholini o‘ldirishga qaratilgan hujumni bartaraf etganini» aytdi.
Hozirda ushbu ishda jami yetti nafar gumonlanuvchi ishtirok etmoqda. Daniya adliya vaziri Piter Xummelgord juma kuni ularning HAMAS bilan aloqalari «Daniyaga tahdid jiddiy ekanligini tasdiqlaydi», dedi. «Ammo bizni har kuni himoyalash uchun qo‘lidan kelgan ishni qiladigan kuchli politsiya va razvedka xizmatlarimiz bor», dedi u.
“Kishvar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring