+29° Kechasi +17°
Farg'ona (Bugun, 5 oktabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 741.02 so'm (-16.92 so'mga)
134.38 so'm (-0.68 so'mga)
14 062.26 so'm (-63.33 so'mga)
14-01-2024, 20:26
119

Farg‘onada tibbiyot sohasida yirik investitsion loyiha amalga oshirilmoqda

Farg‘onada tibbiyot sohasida yirik investitsion loyihani amalga oshirishga kirishayotgan Quvaytning “Gulf Care General Trade” kompaniyasi tizimiga kiruvchi klinikalarda faoliyat yurituvchi 20 nafarga yaqin quvaytlik yuqori malakali shifokorlar va tibbiyot xodimlaridan iborat guruh viloyatimizdagi ehtiyojmand oila farzandlari uchun murakkab bolalar kardiojarrohlik amaliyotlari xayriya tadbirini o‘tkazishni boshladi.

16 yanvarga qadar viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida quvaytlik mutaxassislar tomonidan 60 ta yuqori texnologik murakkab jarrohlik amaliyotlari, shu jumladan, intervension kardiologik amaliyotlar bepul o‘tkazilishi belgilangan. Ushbu bemor bolalar 2023 yil iyul oyida quvaytlik shifokorlar tomonidan viloyatimizda o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik davomida saralab olingan.
2023 yil may oyida “Gulf Care General Trade” hamda “Royal Mining Group” kompaniyalari boshqaruv kengashi raisi Eyad al-Salehning viloyatimizga tashrifi hamda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bilan o‘tkazilgan uchrashuvida Quvayt investitsiyalari hisobiga viloyatimizda markazlashgan laboratoriya, radiologiya markazi qurish loyihalarini amalga oshirilishiga kelishib olingandi. Kelishuvlar doirasida shuningdek, ehtiyojmand oila farzandlarining murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun quvaytlik shifokorlarni viloyatga jalb etish, viloyatdan saralab olingan shifokorlarni tajriba almashish uchun Quvaytga yuborish borasida ham hamkorlik odimlari belgilab olingandi. Bugun boshlangan bolalar kardiojarrohlik amaliyotlari xayriya tadbiri ana shu kelishuvlarning amaliy ijrosi bo‘ldi.
2023 yil avgust oyida “Gulf Care General Trade” kompaniyasi Farg‘ona viloyatida xorijiy korxona sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, guvohnoma topshirilgandi. Quvayt tomoni viloyatimizda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasini barpo etish, Ekoshahar hududidagi qurilish jarayonlariga o‘z loyihalari bilan ishtirok etishni ham rejalashtirmoqda.